IT boʻlim
Orqaga

AI kol-⁠markaz · Aziz

Aziz 24/7 javob beradi

U mijoz bilan uning tilida gaplashadi, narxni praysingizdan aytadi va arizani menejerga Telegramda yuboradi.

  • 24/7
  • 3 til
  • ariza Telegramda

oyiga 2 950 000 soʻmdan−15% 31.12.2026 gacha

Qanday ishlaydi

Qoʻngʻiroqdan menejergacha toʻrt qadam

01

Mijoz qoʻngʻiroq qiladi

Odatdagi raqamingizga, kechasi yoki dam olish kunida ham.

02

Aziz javob beradi

Mijoz tilida gaplashadi, narxni praysdan aytadi.

03

Ariza Telegramga tushadi

Ism, raqam va nima kerakligi bilan. CRM ulangan boʻlsa, unga ham.

04

Menejer qayta qoʻngʻiroq qiladi

Mijozga nima kerakligini biladi va savdoni yakunlaydi.

Oʻzingiz bilan solishtiring

Hozir qoʻngʻiroqlarni kim qabul qiladi?

Oʻzingizga yaqin variantni tanlang. Aziz bilan nima oʻzgarishini koʻrsatamiz.

Kunduzi operator

Hozir

  • Ish vaqtidan keyin va dam olish kunlari qoʻngʻiroqlar javobsiz qoladi.
  • Ikki mijoz bir vaqtda qoʻngʻiroq qilsa, biri kutadi yoki qoʻyib qoʻyadi.
  • Operator vaqti narx va mavjudlik haqidagi bir xil savollarga ketadi.

Aziz bilan

  • Aziz kechayu kunduz javob beradi, operator esa murakkab savollar va savdo bilan shugʻullanadi.
  • Paketga qarab bir vaqtda 2, 4 yoki 6 ta qoʻngʻiroq.
  • Har bir suhbatdan ariza Telegramga tushadi: ism, raqam va nima kerakligi.

Avtojavob

Hozir

  • Mijoz menyuni tinglaydi va tugma bosadi — savoliga javob olmaydi.
  • Ovozli xabarni kimdir eshitib, qayta qoʻngʻiroq qilishi kerak.
  • Menejer kim qoʻngʻiroq qilganini va nima kerakligini bilmaydi.

Aziz bilan

  • Aziz oddiy tilda gaplashadi va savolga praysingizdan javob beradi.
  • Mijoz bilan uning tilida: oʻzbek, rus yoki ingliz.
  • Menejer tayyor arizani oladi — yozuvni qayta eshitish shart emas.

Kechasi hech kim

Hozir

  • Tungi va dam olish kunidagi qoʻngʻiroqlar javobsiz qoladi.
  • Javob olmagan mijoz boshqa kompaniyaga qoʻngʻiroq qilishi mumkin.
  • Ertalab kim qoʻngʻiroq qilgani va nima soʻragani nomaʼlum.

Aziz bilan

  • Aziz tunda ham, bayramda ham javob beradi.
  • Mijoz narx va shartlarni darhol bilib oladi.
  • Ertalab menejerda tayyor arizalar: kim, qachon va nima kerak.

Yozuv

Azizni tinglang

Namuna Savdo doʻkoniga qoʻngʻiroq: mijoz tovar va yetkazib berish haqida soʻraydi, Aziz arizani menejerga yuboradi.

  • Oʻzini tanishtiradi va kompaniyani aytadi
  • Mavjudlikni praysdan aytadi
  • Ism va nima kerakligini aniqlaydi
  • Arizani menejerga yuboradi
Namuna Savdo · qoʻngʻiroq yozuvinamuna
00:00 / 00:33Suhbat matni · namuna

AzizAssalomu alaykum! Namuna Savdo, men Azizman. Sizga qanday yordam bera olaman?

MijozSalom. Sizda 35 millimetrli petlya bormi?

AzizHa, bor. Ulgurji va chakana sotamiz. Necha dona kerak?

MijozIkki yuz dona. Ertaga Chilonzorga yetkazib bera olasizmi?

AzizHa, yetkazib beramiz. Ismingizni ayting — arizani hozir menejerga yuboraman.

MijozBobur.

AzizRahmat, Bobur! Arizangiz menejerda, u sizga shu raqamga qoʻngʻiroq qiladi.

AzizЗдравствуйте! Namuna Savdo, меня зовут Азиз. Чем могу помочь?

MijozЗдравствуйте. У вас есть петли на 35 миллиметров?

AzizДа, есть. Продаём оптом и в розницу. Сколько вам нужно?

MijozДвести штук. Сможете завтра доставить на Чиланзар?

AzizДа, доставим. Как вас зовут? Я сразу передам заявку менеджеру.

MijozБобур.

AzizСпасибо, Бобур! Заявка у менеджера, он перезвонит вам на этот номер.

Soʻzni bosing — yozuv shu joydan davom etadi

Jonli demo

Aziz bilan oʻzingiz gaplashing

Brauzerda, qoʻngʻiroqsiz: mikrofonni yoqing va Azizga savol bering.

2 daqiqa
kuniga har bir tashrifchiga, keyin suhbat oʻzi tugaydi
Ovoz
shu zahoti matnga aylantiriladi va saqlanmaydi, oldin rozilik soʻraymiz
Ariza
oxirida Telegramdagi namunasini koʻrsatamiz
Aziz · jonli demotayyor00:00

brauzer oynasi · namuna

Sayt mikrofondan foydalanishni soʻrayapti

Aziz liniyada

Mikrofonni yoqing va savolingizni ayting — Aziz oʻzbek, rus yoki ingliz tilida javob beradi.

Boshlashdan oldin

  • Kuniga 2 daqiqagachaVaqt tugasa, suhbat oʻzi yakunlanadi.
  • Ishlov berishOvoz shu zahoti matnga aylantiriladi, saqlanmaydi va shaxsni aniqlash uchun ishlatilmaydi; suhbat matniga AI servislari ishlov beradi va u 30 kungacha saqlanadi.Batafsil — maxfiylik siyosatida

Mikrofonga ruxsat bering

Brauzer ruxsat soʻraydi — «Ruxsat berish»ni bosing. Mikrofon faqat suhbat vaqtida ishlaydi.

Azizga ulanmoqda

Bir necha soniya…

Subtitrlar · namunasahnalashtirilgan suhbatmikrofon oʻchiq

15 soniya qoldi
Mijoz

Bu qancha turadi?

Aziz

Paketlar oyiga 2 950 000 soʻmdan. Ariza qoldirasizmi? Ismingiz va raqamingizni ayting.

Limit: kuniga 2 daqiqa

Suhbat tugadi 00:58

Ariza menejerga Telegramda shu koʻrinishda keladi.

ASMO · arizalar

bot · menejerlar guruhi

Bugun
Yangi arizanamuna
Ism
Kamola
Telefon
+998 90 *** ** 12
Kerak
AI kol-⁠markaz, paketlar narxi
Til
oʻzbek
Manba
Aziz · saytdagi demo
Ariza qoldirish

Mikrofonga ruxsat berilmagan

Ruxsatni brauzer sozlamalarida yoqing:

  1. Manzil satrining chap tomonidagi qulf belgisini bosing.
  2. «Mikrofon» bandida «Ruxsat berish»ni tanlang.
  3. Sahifani yangilang va qayta urinib koʻring.
Yozuvni tinglash

Bugungi 2 daqiqa tugadi

Jonli demo — kuniga 2 daqiqa. Ertaga qaytib keling — yoki ariza qoldiring, menejer sizga qoʻngʻiroq qiladi. Sahnalashtirilgan suhbatni koʻrishingiz mumkin.

Ariza qoldirish

Aloqa yoʻq

Azizga ulanib boʻlmadi. Internetni tekshiring va qayta urinib koʻring.

Yozuvni tinglash

Barcha demo liniyalari band

Hozir Aziz boshqa tashrifchilar bilan gaplashyapti. Bir daqiqadan keyin qayta urinib koʻring — yoki suhbat yozuvini tinglang.

Yozuvni tinglash

Demo bugun yopiq

Bugun jonli demodan endi foydalanib boʻlmaydi. Ariza qoldiring — menejer sizga qoʻngʻiroq qiladi. Yoki sahnalashtirilgan suhbatni koʻring.

Ariza qoldirish

Saytni brauzerda oching

Ilova ichidagi brauzer mikrofonga ruxsat bermaydi. Bu sahifani Chrome yoki Safari brauzerida oching:

  1. Ekran burchagidagi ⋮ yoki ⋯ belgisini bosing.
  2. «Brauzerda ochish»ni tanlang.

Brauzerni tekshirib boʻlmadi

Botlardan himoya tizimi soʻrovni oʻtkazmadi. Sahifani yangilang va qayta urinib koʻring.

Yozuvni tinglash

Narxlar

Paketlar

Narxlar QQS bilan, 22.09.2026 dan amal qiladi. Raqam va paket kanallari uchun abonent toʻlovi narxga kiradi.

12 oy 10 narxida

Start

Chegirmasiz narx3 500 000−15% 31.12.2026 gacha

2 950 000soʻm/oy
Daqiqa oyiga1 200
Bir vaqtda qoʻngʻiroq2
Arizalar uchun Telegram-botbor
CRM/ERP bilan integratsiyayoʻq
Qoʻngʻiroqlar tahlili haftasiga bir martayoʻq

Yangi raqam va kanallarni ulash: 660 000 soʻm, bir marta

Shu paketni tanlash

Pro

Chegirmasiz narx7 000 000−15% 31.12.2026 gacha

5 900 000soʻm/oy
Daqiqa oyiga3 000
Bir vaqtda qoʻngʻiroq4
Arizalar uchun Telegram-botbor
CRM/ERP bilan integratsiyabor
Qoʻngʻiroqlar tahlili haftasiga bir martayoʻq

Yangi raqam va kanallarni ulash: 1 240 000 soʻm, bir marta

Shu paketni tanlash

Business

Chegirmasiz narx14 100 000−15% 31.12.2026 gacha

11 990 000soʻm/oy
Daqiqa oyiga6 000
Bir vaqtda qoʻngʻiroq6
Arizalar uchun Telegram-botbor
CRM/ERP bilan integratsiyabor
Qoʻngʻiroqlar tahlili haftasiga bir martabor

Yangi raqam va kanallarni ulash: 1 820 000 soʻm, bir marta

Shu paketni tanlash

−15% 31.12.2026 gachaAksiya: barcha paketlarga −15% — 31.12.2026 gacha. Kartochkalardagi narxlar chegirma bilan koʻrsatilgan.

Daqiqalar tugasaqoʻngʻiroqlarni qabul qilish toʻxtaydi: daqiqalar bloki yoki kattaroq paket
Daqiqalaroy davomida amal qiladi va keyingi oyga oʻtmaydi
IP-telefoniyangiz bormi?Azizni unga bepul ulaymiz: raqam va kanallar uchun toʻlov yoʻq
Abonent toʻloviraqam va kanallar paketga kiradi

Barcha shartlar, solishtirish va yillik narx

Oyiga necha daqiqa kerak?

Daqiqalar tugadi — qoʻngʻiroqlarni qabul qilish toʻxtaydi. Davom ettirish uchun — daqiqalar bloki yoki kattaroq paket.

Daqiqalar boʻyicha paket

  1. Start1–1 200 daqiqa
  2. Pro1 201–3 000 daqiqa
  3. Business3 001–6 000 daqiqa
  4. soʻrov boʻyicha6 000+ daqiqa

Qoʻshimcha toʻlovlarsiz: daqiqalar tugasa, qabul toʻxtaydi — hisob oʻzidan oʻsmaydi.

Mos keladiProChegirmasiz narx7 000 000−15% 31.12.2026 gacha5 900 000 soʻm/oy

3 000 daqiqali paket, sizga 1 500 daqiqa kerak. Bir vaqtda qoʻngʻiroqlar: 4.

Ulanish

Azizni telefoniyangizga ulaymiz

Ikki yoʻl bor — sizda nima borligiga qarab.

IP-telefoniyangiz bor

Bepul ulaymiz

0 soʻm

Ofis yoki virtual ATS, SIP-liniya — Azizni unga ulaymiz. Mijozlar odatdagi raqamingizga qoʻngʻiroq qiladi, raqam va kanallar uchun toʻlamaysiz.

IP-telefoniya yoʻq

Uztelekom raqamini ulaymiz

bir marta

Start660 000 soʻm
Pro1 240 000 soʻm
Business1 820 000 soʻm

Shahar raqami va paket kanallari. Ulash bir marta toʻlanadi, oylik abonent toʻlovi paketga kiradi. Eski raqamdan yoʻnaltirishni sozlash mumkin.

Agar Aziz tushunmasa

Ariza baribir menejerda

Shovqin, sheva yoki kutilmagan savol boʻlsa ham, qoʻngʻiroq yoʻqolmaydi.

  • Mijozning raqami saqlanadi — u oʻzini tanishtirmasa ham.
  • Arizada mijoz nima haqida soʻragani yoziladi.
  • Menejer qayta qoʻngʻiroq qilib, savolni hal qiladi.

Savollar

Savollar

Praysingizdan: ishga tushirishda Azizni unga moslaymiz. Narxlar oʻzgarsa, yangi praysni yuborasiz, biz sozlamalarni yangilaymiz. Azizni sizga moslab sozlash (prays, ish tartibi, tovarlar) — oyiga 2 marta bepul, keyingisi shartnoma boʻyicha. Agent yangilanishlari — qoʻshimcha toʻlovsiz.

Shart emas. IP-telefoniyangiz boʻlsa, Azizni unga bepul ulaymiz va mijozlar odatdagi raqamingizga qoʻngʻiroq qiladi. Boʻlmasa, Uztelekom shahar raqamini ulaymiz, eski raqamdan esa qoʻngʻiroqlarni yoʻnaltirishni sozlash mumkin.

Paketga qarab: Start — 2, Pro — 4, Business — 6 ta qoʻngʻiroq.

Qoʻngʻiroqlarni qabul qilish toʻxtaydi. Davom ettirish uchun — daqiqalar bloki yoki kattaroq paket. Paket daqiqalari bir oy amal qiladi va keyingi oyga oʻtmaydi.

Oʻzbek, rus va ingliz tillarida. Mijoz bilan uning tilida gaplashadi.

Brauzerda, mikrofon orqali: kuniga 2 daqiqa, ovoz saqlanmaydi. Limit tugagach, sahnalashtirilgan suhbatni va ariza shaklini koʻrsatamiz.

Muddat vazifa va integratsiyalarga bogʻliq. Uni brifda birga kelishib olamiz.

Azizni raqamingizga ulaymiz

Menejer qoʻngʻiroq qiladi va paket hamda ulanish usulini birga tanlaymiz.

Aziz bilan gaplashing