IT boʻlim
Orqaga

Saytlar · SEO · GEO

Qidiruvda, xaritada va AI javoblarida koʻrinasiz

Sayt qilamiz va kompaniyani uch qatlamda koʻrinadigan qilamiz. «Top»ni vaʼda qilmaymiz — natijani ishdan oldin va keyin oʻlchaymiz.

Narxi soʻrov boʻyicha

Qidiruv natijalariillyustratsiya
Toshkentda mebel furniturasi
  1. namuna-savdo.uz › furnituraMebel furniturasi ulgurji va chakana — Namuna SavdoPetlya, yoʻnaltiruvchi va tutqichlar. Chilonzor, Toshkent. Buyurtma telefon orqali.sizning sahifangiz
Shu kabi soʻrovlarfurnitura ulgurjipetlya narxiChilonzor furnitura

Google · Yandex

furnitura yaqinimda

Namuna Savdonamuna

Mebel furniturasi doʻkoni · Chilonzor

+998 90 *** ** 12

Yoʻnalish
Namuna SavdoQoʻngʻiroq · 00:04
Aziz javob beradi
Aziz

Assalomu alaykum, Namuna Savdo. Men Azizman. Qanday furnitura kerak?

Bu — AI kol-⁠markaz

Google Maps · Yandex · 2GIS

Toshkentda mebel furniturasini qayerdan ulgurji olsa boʻladi?

AI javobi

Chilonzordagi Namuna Savdo petlya, yoʻnaltiruvchi va tutqichlarni ulgurji va chakana sotadi. Buyurtmani telefon orqali qabul qiladi.

Manbalar1namuna-savdo.uz2xarita: Namuna Savdo kartochkasi3katalog: furnitura doʻkonlari

ChatGPT · Perplexity · Google

Uch qatlam

Uch qatlam — bitta ish

Qatlamlar bir-biriga tayanadi: AI javob yozganda sayt va xarita kartochkalaridan ham foydalanadi, kartochka esa qidiruvda ham chiqadi. Shuning uchun uchalasini birga va bir xil maʼlumot bilan qilamiz.

Qatlam 01 · Qidiruv

Saytni qidiruvda topishadi

Mijoz Google yoki Yandexda soʻrov yozadi va roʻyxatdan saytni tanlaydi.

Nima qilamiz

  • Texnik audit: indeksatsiya, xatolar, tezlik
  • Har bir xizmatga alohida sahifa
  • Mijozlar qidiradigan soʻzlar bilan matnlar
  • Google Search Console va Yandex Webmaster ulanadi

Qatlam 02 · Xarita

Kartochkani xaritada topishadi

Mijoz «yaqinimda» deb qidiradi, kartochkani ochadi va shu yerdan qoʻngʻiroq qiladi.

Nima qilamiz

  • Google Maps, Yandex Xaritalar va 2GIS kartochkalari
  • Nom, manzil, telefon va ish vaqti hamma joyda bir xil
  • Toifa, xizmatlar va rasmlar
  • Savol va sharhlarga javob berish tartibi

Qatlam 03 · AI

Kompaniyani AI javobida tilga olishadi

Mijoz savolni ChatGPT yoki Perplexityga beradi va tayyor javobni manbalar bilan oladi.

Nima qilamiz

  • Aniq faktlar: nima sotasiz, qayerda, qanday buyurtma qilinadi
  • Savol-javob sahifasi va tuzilgan maʼlumotlar (schema.org)
  • Sayt AI-qidiruv botlari uchun ochiq
  • Kataloglarda kompaniya haqida bir xil maʼlumot

GEO nima — maqolada batafsil

Topilgandan keyin

Topishdi. Qoʻngʻiroq qilishdi. Aziz javob berdi

Koʻrinish qoʻngʻiroq bilan tugaydi. Saytdagi va kartochkadagi raqamga kechasi ham, dam olish kunida ham AI kol-⁠markaz javob beradi va arizani darhol Telegramga yuboradi.

  1. Mijoz sizni qidiruvda, xaritada yoki AI javobida topadi
  2. Saytdan yoki kartochkadan qoʻngʻiroq qiladi
  3. Aziz 24/7 javob beradi: oʻzbek, rus yoki ingliz tilida
  4. Ariza menejerlar guruhiga Telegramda tushadi

AI kol-⁠markaz paketlari — oyiga 2 950 000 soʻmdan, QQS bilan

+998 90 *** ** 12Kirish qoʻngʻirogʻi · 23:40
Aziz javob beradi
Mijoz

Petlya kerak edi, ulgurji. Sizni xaritadan topdim.

Aziz

Albatta. Necha dona kerak? Raqamingizni menejerga beraman.

namuna

ASMO · arizalar

bot · menejerlar guruhi

Bugun
Yangi arizanamuna
Ism
Rustam
Telefon
+998 90 *** ** 12
Kerak
Petlya, 200 dona, ulgurji
Til
oʻzbek
Manba
Aziz · tungi qoʻngʻiroq
Ariza menejerda

Saytlar

Namuna — shu sayt

Saytni noldan qilamiz yoki mavjudini yangilaymiz. Qanday boʻlishini bilish uchun uzoqqa bormang: siz oʻqiyotgan sahifa ham shu yondashuvda qilingan. Quyidagilarni shu yerning oʻzida tekshirib koʻring.

01

Dizayn

Oʻz ranglari, shriftlari va komponentlari: tugma, kartochka va oyna bitta tilda gapiradi.

02

Har qanday ekran

Telefon, planshet va kompyuterda — gorizontal aylantirishsiz. Harakatni yoqtirmaganlar uchun oddiy versiya bor.

Rejimni almashtiring

03

Tezlik

Rasmlar WebP formatida va kerak boʻlganda yuklanadi; animatsiya faqat ekranda koʻrinib turgan joyda ishlaydi.

Nima ishlatilgan
  • WebP
  • loading=lazy
  • prefers-reduced-motion

04

Uch til

Oʻzbek, русский, English. Mijoz saytida har bir til alohida manzilda boʻladi — qidiruv ham, AI ham kerakli versiyani koʻrsatadi.

Tilni almashtiringBu sayt — oʻzbek, rus va ingliz tillarida

Saytga nimalar kiradi

  • Avval ekranlar albomini tasdiqlaysiz, keyin kod yoziladi
  • Matnlar kerakli tillarda
  • Ariza formasi — Telegramga, xohlasangiz CRMga ham
  • Analitika, Search Console va Yandex Webmaster
  • SEO asosi: sarlavhalar, tavsiflar, sitemap, schema.org

Oʻlchov

Oldin va keyin — bir xil savollar bilan

«Top»ni vaʼda qilmaymiz: natijalar tartibini qidiruv va AI tizimlarining oʻzi belgilaydi. Ishdan oldin holatni yozib olamiz, keyin xuddi shu soʻrov va savollar bilan qayta oʻlchaymiz va farqni koʻrsatamiz.

  1. Brifda soʻrov va savollar roʻyxatini kelishamiz
  2. Nol oʻlchov: qayerda va qanday koʻrinasiz
  3. Ish: sayt, kartochkalar, matnlar
  4. Qayta oʻlchov va hisobot
Oʻlchov hisobotinamuna
QatlamNimani oʻlchaymizOldinKeyin
QidiruvKelishilgan soʻrovlar boʻyicha oʻrin——
XaritaKartochka koʻrishlari, qoʻngʻiroq va yoʻnalish bosishlari——
AI javoblariNechta savolda tilga olinadi va havola beriladi——
SaytTezlik va texnik xatolar——
QoʻngʻiroqlarQoʻngʻiroq va arizalar — Aziz ulangan boʻlsa——

Raqamlar nol oʻlchovdan keyin paydo boʻladi — oldindan hech narsa vaʼda qilmaymiz.

Narx

Narx — soʻrov boʻyicha. Boshlash — brifdan

Narx sayt bor-yoʻqligiga, tillar, filiallar va kartochkalar soniga hamda qaysi qatlamlar kerakligiga bogʻliq. Brifda vazifani aniqlaymiz va narxni aytamiz.

Brifda soʻraymiz

  1. Saytingiz bormi va manzili qanday
  2. Filiallar va manzillar
  3. Mijozlar sizni qaysi soʻzlar bilan qidiradi
  4. Qaysi tillar kerak
  5. Qaysi qatlamdan boshlash: qidiruv, xarita yoki AI

Brif uchun ariza

+998
Xizmat

Ariza tayyor

Savollar

Saytlar va koʻrinish haqida

Buni hech kim halol vaʼda qila olmaydi: tartibni qidiruv tizimi belgilaydi va u oʻzgarib turadi. Biz kelishilgan soʻrovlar boʻyicha holatni ishdan oldin va keyin oʻlchaymiz va nima oʻzgarganini koʻrsatamiz.

SEO — qidiruv natijalari roʻyxatida topilish uchun ish. GEO — ChatGPT, Perplexity va Google AI sharhlari kabi yordamchilarning javobida tilga olinish uchun ish. GEO SEO ustiga quriladi: qidiruvda yoʻq sahifani AI ham qiyin topadi. Batafsil — bilim bazasidagi maqolada.

Yoʻq. Avval mavjud saytni tekshiramiz: tezlik, indeksatsiya, tuzilma va matnlar. Koʻpincha uni tuzatish yetarli; yangisi kerak boʻlsa, sababini koʻrsatamiz.

Muddat soha, raqobat va boshlangʻich holatga bogʻliq, shuning uchun uni oldindan vaʼda qilmaymiz. Qayta oʻlchov sanasini brifda kelishamiz.

Ha. Kartochkalarni oʻzingiz yuritsangiz, chek-list beramiz va tekshirib turamiz. Xohlasangiz, Google Maps, Yandex Xaritalar va 2GISdagi kartochkalarni oʻzimiz toʻldiramiz va yangilab boramiz.

Oʻzbek, rus va ingliz tillarida — qaysilari kerak boʻlsa. Har bir til alohida manzilda: qidiruv va AI kerakli versiyani koʻrsatadi.

Ha. Sayt va kartochkalardagi raqamga qoʻngʻiroqlarni Aziz 24/7 qabul qiladi, arizalar Telegramga tushadi. AI kol-⁠markaz paketlarining narxlari ochiq — «Narxlar» sahifasida.

Qayerda koʻrinayotganingizni birga tekshiramiz

Brif qoldiring: kelishilgan soʻrov va savollar boʻyicha nol oʻlchovdan boshlaymiz.

Soʻrov yuborish