GEO nima
Ilgari mijoz qidiruvga soʻrov yozib, havolalar roʻyxatidan saytni tanlardi. Endi u tobora koʻproq savolni AI yordamchiga beradi va bir necha jumladan iborat tayyor javob oladi. Javob ostida — maʼlumot olingan manbalar.
GEO — shu javobga kirish uchun ish: kompaniya haqidagi maʼlumot topiladigan, tushunarli va ishonchli boʻlishi kerak. Mahalliy biznes uchun bunga xarita kartochkalari ham kiradi: «yaqin atrofda» degan savollarga AI koʻpincha xarita maʼlumotlari asosida javob beradi.
AtamaGEO — Generative Engine Optimization, yaʼni «generativ tizimlar uchun optimallashtirish». Baʼzan AEO (Answer Engine Optimization) deb ham ataladi.
SEOdan nimasi bilan farq qiladi
Ikkalasi ham mijoz sizni topishi uchun. Farq — natija qayerda va qanday koʻrinishda chiqishida.
| Nima | SEO | GEO |
|---|---|---|
| Mijoz nimani koʻradi | Havolalar roʻyxati | Tayyor javob va manbalar |
| Nima muvaffaqiyat hisoblanadi | Roʻyxatdagi oʻrin va saytga oʻtish | Javobda tilga olinish va havola |
| Nima muhim | Sahifalar, kalit soʻzlar, texnik holat | Aniq faktlar, tushunarli tuzilma, manbalardagi bir xillik |
| Qayerda | Google, Yandex | ChatGPT, Perplexity, Google AI sharhlari |
MuhimiGEO SEO oʻrnini bosmaydi. AI qidiruvdan foydalanganda u ham indeksdagi sahifalarni oʻqiydi — qidiruvda yoʻq sahifa javobga ham qiyin tushadi.
AI manbani qanday tanlaydi
Aniq algoritmni hech bir kompaniya eʼlon qilmaydi va u oʻzgarib turadi. Lekin umumiy tamoyillar maʼlum.
- 01Savol
- 02Qidiruv: mos sahifalar
- 03Tanlash: aniq va ishonchli
- 04Javob va manbalar
- Savolga toʻgʻridan-toʻgʻri javob«Biz eng yaxshimiz» emas, balki aniq: nima, qayerda, qancha, qanday buyurtma qilinadi.
- Tushunarli tuzilmaSarlavhalar, roʻyxatlar, jadvallar, savol-javob. Bunday matndan faktni ajratib olish oson.
- Hamma joyda bir xil maʼlumotSayt, xarita kartochkalari, kataloglar bir-biriga mos boʻlsin. Mos kelmaslik ishonchni pasaytiradi.
- Yangi maʼlumot va sanaNarx, manzil yoki ish vaqti eskirsa, javob ham eskiradi.
- Sizni boshqalar ham tilga oladiSohaviy saytlar, kataloglar, hamkorlar va OAV.
EslatmaBaʼzi javoblar internetga kirmasdan, model oʻqitilganda koʻrgan maʼlumotlar asosida tuziladi. Ularga taʼsir qilish sekinroq — shuning uchun aniq maʼlumot hamma joyda boʻlishi muhim.
Biznes nima qilishi kerak: chek-list
Bularni oʻzingiz tekshirishingiz mumkin. Belgilab boring — belgilar faqat shu brauzerda saqlanadi.
Natijani qanday oʻlchash kerak
GEO natijasini «oʻrin» bilan oʻlchab boʻlmaydi: javob har safar biroz boshqacha boʻladi. Shuning uchun u bir xil savollar roʻyxati bilan muntazam tekshiriladi.
- Savollar roʻyxatimijozlar haqiqatda beradigan savollar: «qayerdan olsam boʻladi», «qancha turadi», «qaysi birini tanlash kerak»
- Nol oʻlchovhar bir savolni ChatGPT, Perplexity va Google AI sharhlarida bering; tilga olinganmi, havola bormi, faktlar toʻgʻrimi — yozib qoʻying
- Takrorlashxuddi shu savollar bilan har oy; bitta savolni bir necha marta bering
- Saytdagi izlaranalitikada AI xizmatlaridan kelgan tashriflar, xarita kartochkasidan qoʻngʻiroqlar
| Savol | ChatGPT | Perplexity | Google AI |
|---|---|---|---|
| Toshkentda mebel furniturasi qayerda bor? | tilga olindi | havola bilan | yoʻq |
| Petlyani ulgurji qayerdan olsa boʻladi? | yoʻq | havola bilan | tilga olindi |
| Chilonzorda furnitura doʻkoni | tilga olindi | yoʻq | havola bilan |
Har bir savolni bir necha marta bering: javoblar oʻzgarib turadi. Jadvaldagi belgilar — Namuna Savdo uchun namuna.
GEO haqida savollar
Yoʻq. AI qidiruvdan foydalanganda indeksdagi sahifalarni oʻqiydi, shuning uchun SEO asos boʻlib qoladi. GEO unga faktlar, tuzilma va manbalardagi bir xillikni qoʻshadi.
Mijozlaringiz AI yordamchilardan foydalansa — ha. Kichik biznes uchun koʻpincha asos yetarli: tushunarli sayt, toʻliq xarita kartochkalari va savol-javob sahifasi.
Yoʻq, va buni vaʼda qilganlarga ehtiyot boʻling. Javobni yordamchining oʻzi tuzadi va u oʻzgarib turadi. Halol yoʻl — ishni qilish va bir xil savollar bilan oʻlchab borish.
Chek-listning koʻp qismini — ha. Texnik qism (tuzilgan maʼlumotlar, til versiyalari, indeksatsiya) uchun dasturchi kerak boʻladi — bu ishni biz ham qilamiz.

